Senatning o‘n birinchi yalpi majlisi 6 yanvar kuni chaqiriladi

Jamiyat

image

Bugun, 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tgan. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib borgan. Bu haqda Oliy Majlisi Senati Axbort xizmati xabar berdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisini 2021 yil 6 yanvar kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Kengash majlisida Oliy Majlis Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish, qolaversa, Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlaydigan senator Anvar To‘ychiyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilar missiyasi tarkibida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan oldin bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etishi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilgan hamda tegishli qaror qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing