Senatning navbatdagi yalpi majlisi chaqirildi
Jamiyat
−
31 iyul 2020
7709O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi joriy yilning 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisida qaror qabul qilingan.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidan.
Bundan tashqari, “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020 yil birinchi yarim yillik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, qolaversa, Ichki ishlar vaziri, Tashqi ishlar vaziri hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi