Senatning o‘n sakkizinchi yalpi majlisi ochildi

Jamiyat

image

Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. 

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga olib borilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlarlarning samaradorligini ta’minlashga, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijro etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi, “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Shuningdek, senatorlar ayrim qonun hujjatlariga hukumat a’zolarining parlament oldidagi mas’uliyati kuchaytirilishi, ayrim davlat organlari va tashkilotlari faoliyati, jinoyat, jinoyat-protsessual va ma’muriy qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan, shuningdek jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ham ko‘rib chiqadilar.

Senatorlar jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni soliqqa tortishga doir qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohada huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek umumta’lim maktablari darsliklarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi yuzasidan hukumat a’zolariga parlament so‘rovlari yuborish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi. 

Shuningdek, senatorlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hamda adliya vazirining hisobot va axborotlarini eshitadi. Qashqadaryo viloyati hokimi parlament vakillariga hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini taqdim etadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yalpi majlis Senat

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing