Senatda yangi tuzilma ish boshlashi kutilmoqda
Jamiyat
−
12 fevral 2020
4832Senatning Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish jarayonlari ustidan hududlar manfaatidan kelib chiqqan holda nazorat olib borish faoliyatini kuchaytiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.
2020 yil 1 aprelga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
• Oliy Majlis Senatining davlat byudjeti ijrosi ustidan nazorat olib borish mexanizmini belgilash;
• Oliy Majlis Senatida davlat byudjeti, iqtisodiyot, pul-kredit siyosati masalalarida senatorlarga professional va xolis axborot-tahliliy, ekspertlik xizmati ko‘rsatuvchi alohida tuzilma tashkil etish;
• ushbu tuzilmaga yuqori malakali kadrlarni jalb qilish, 2020 yilda tuzilmaning joriy ta’minoti, xodimlar mehnatiga haq to‘lashga mablag‘ ajratish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi.