Senatda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun qizg‘in muhokama qilinmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi 16-yalpi majlisida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. 

Yangi tahrirdagi qonun loyihasi o‘tgan yilning sentyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. Oradan 7 oy o‘tib, may oyi boshlarida deputatlar yana ushbu qonunni muhokama qildi. Allaqachon Senatga yuborilgan qonun loyihasi kecha, 22 iyun kuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan Ekspertlar guruhining yig‘ilishida dastlabki tarzda muhokama qilindi.

“Ta’kidlanganidek, vijdon erkinligi kafolatlarini kuchaytirish, har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’minlashning qonuniy mexanizmlarini mustahkamlash, shuningdek, davlatning din ishlari bo‘yicha siyosatini takomillashtirishdan iborat.

Ushbu Qonunning hozirgi kunda dolzarbligi, o‘tgan davr mobaynida fuqarolarning diniy e’tiqodini amalga oshirishda duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish, diniy ta’lim olishni va diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishini ta’minlash, dinlararo va millatlararo nizolarni kelib chiqishini oldini olishga xizmat qiladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur Qonun bilan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar bilan kafolatlangan diniy sohada umume’tirof etilgan huquq va erkinliklarni va bevosita O‘zbekiston sharoitida dinlararo munosabatlarni shakllanishining tarixiy sharoitlarini o‘z ichiga olganligini, ushbu omillarni inobatga olmay turib mamlakatimizda yashovchi millatlar va elatlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarining muvozanatini saqlab qolish, ularning turli diniy e’tiqodlari va his-tuyg‘ularini hurmat qilishni ta’minlashning imkoni yaratiladi”, deyiladi Senat bayonotida.

Ekspertlar guruhi tomonidan yig‘ilishida mazkur Qonun yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing