Senat Prezident farmonini tasdiqlab berdi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Senati a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqdi.

Mazkur farmonda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida vazirlikning bo‘linmalarini tashkil etish nazarda tutilayotganligi sababli farmon parlament a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi.

Bu hujjat ijtimoiy sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilganligi hamda mahalla va oila institutini mustahkamlashga ko‘maklashishi ta’kidlandi.

Ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Suratlar muallifi: Bahodir Ahmedov


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing