Urush qatnashchilari va ularning yaqinlariga bepul aviachipta beriladi

Olam

image

Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari G‘alabaning 75 yilligi munosabati "Aeroflot" aviakompaniyasidan bepul aviachipta olishlari mumkin. Bu haqda Rossiya milliy aviatashuvchisi rasmiy saytida xabar bermoqda. 

Chiptalar RF, MDH mamlakatlari, Boltiqbo‘yi davlatlari, Gruziyada yoki shu davlatlarning birida doimiy yashovchi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilariga taqdim etiladi. Shuningdek, konslager, getto va boshqa majburan ushlab turiladigan joylarda saqlangan sobiq voyaga yetmagan asirlarga ham beriladi.

Veteranlarga "ekonom" klassda bepul parvozni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. Agar ro‘yxatga olish yakuni bo‘yicha reysda bo‘sh joylar qolsa, veteranlar yuqoriroq klassga o‘tkazilishlari mumkin.

Sobiq Ittifoq qahramonlari, Slava ordeni kavalerlari "komfort" yoki "biznes" klasslarda parvozni rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, barcha veteranlarga "ekonom" klassda hamroh shaxs uchun bepul chipta olishlariga ruxsat beriladi.

Aksiya yo‘nalishi - Rossiya bo‘yicha barcha ichki reyslar, shuningdek, MDH davlatlari va Boltiq bo‘yi mamlakatlari yo‘nalishlarini qamrab oladi. Bundan tashqari, veteranlar Yevropa mamlakatlari (Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Xorvatiya, Avstriya, Chexiya)ga borishlari ham mumkin. 

"Joriy aksiya bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish joriy yil 3 maydan 12 mayga qadar davom etadi. Chiptalarni 14 apreldan 12 mayga qadar rasmiylashtirish zarur. Aksiya doirasida berilgan aviachipta amal qilish muddati – bir oy", deyiladi xabarda. 

Aksiya "Aeroflot" tijoriy boshqaruvida bo‘lgan "Rossiya" aviakompaniyasi reyslariga joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyida Ikkinchi Jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan katta marosim o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ham ishtirok etishi kutilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi jahon urushi

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing