Senat Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni e’lon qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini e’lon qildi.

Loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 24 noyabrda qabul qilingan.

Loyihaga muvofiq:

1) 7-modda ikkinchi qismining ruscha matnidagi “zakonodatelstvom, prinyatim” degan so‘zlar “zakonami, prinyatimi” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

2) 33-moddaning ruscha matnidagi “zakonodatelstvom” degan so‘z “zakonami” degan so‘z bilan almashtiriladi;

3) 85-modda to‘rtinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi “zakonodatelstvom” degan so‘z “zakonodatelnimi aktami” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

4) 86-modda beshinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi “zakonodatelstvom” degan so‘z “zakonodatelnimi aktami” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

5) 93-modda birinchi qismi 16-bandining o‘zbekcha matnidagi “qonun hujjatlari” degan so‘zlar “qonunchilik” degan so‘z bilan almashtiriladi;

6) 98-modda uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “qonun hujjatlariga” degan so‘zlar “qonunchilikka” degan so‘z bilan almashtiriladi;

7) 100-modda sakkizinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “qonunlariga” degan so‘z “qonunchiligiga” degan so‘z bilan almashtiriladi;

8) 107-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir”;

9) 117-modda sakkizinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “qonunlarga” degan so‘z “qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing