Senat xotin-qizlar uchun muhim qonunni qabul qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Senatorlr kun tartibidagi masalalarni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rishdan boshlashdi.

Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Sayyora Baratova so‘zga chiqib, O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholining 46 foizidan ortig‘ini ayollar tashkil qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 17 avgustida qabul qilingan. 7 bob 32 moddadan iborat qonunda gender, gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar, gender statistikasi, gender-huquqiy ekspertiza, jins bo‘yicha bevosita kamsitish, jins bo‘yicha bilvosita kamsitish kabi tushunchalarga izoh berildi.

Shuningdek, qonun bilan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilangan:

•    qonuniylik;
•    demokratizm;
•    xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi;
•    jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi;
•    ochiqlik va shaffoflik.

Muhokamalardan keyin Senat raisi Tanzila Norboyeva qonunni ovozga qo‘ydi. Senatorlarning 83 nafari qonunni qo‘llab-quvvatladi, 1 nafari betaraf qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis teng huquqlilik

Baholaganlar

55

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing