O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lgan fuqarolar qurolga egalik qilishi mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Senatorlar majlisda “Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ko‘rib chiqdi.

Ushbu Qonun qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mulkni himoya qilishga va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Qonunda qurollar fuqaroviy, xizmat va jangovar turlarga bo‘linishi belgilangan.

Qonunga muvofiq, yigirma bir yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari fuqaroviy ov qurolini va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga ega.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda bugungi kunda 39 ming ovchi mavjud bo‘lib, 53 ming qurol ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Muhokamalardan so‘ng Senat raisi Tanzila Norboyeva qonun loyihasini ovozga qo‘ydi. Majlisda ishtirok etayotgan 83 nafar senatorning 77 nafari qonunni qo‘llab-quvvatladi. 2 nafar senator qarshi bo‘ldi, 4 nafari ovoz bermaslikni ma’qul ko‘rdi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol Senat yalpi majlis

Baholaganlar

361

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made