Senat IIO xodimlarini tasvirga olib tarqatishni taqiqlaydigan qonunni qayta ko‘rib chiqishga yubordi

Jamiyat

image

Bugun, 16 avgust kuni Senatning 55-yalpi majlisida “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi va qayta ko‘rib chiqishga yubordi. Bu haqda Senat majlisidan QALAMPIR.UZ jurnalisti xabar berdi.

Senator Tolibjon Madumarov qonunni qaytarish va yana qayta ishlashni taklif qildi.

Bildirilishicha, qonun qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarilgan. Endilikda parlament palatalarining kelishuv komissiyasi tuziladi.

Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi organ xodimlarini foto va videoga olib internetda tarqatishni taqiqlash bo‘yicha qonunni “xaspo‘shlash”ga urinib, bu boradagi “xorij tajribasi”dan bir necha misollar keltirgan edi. Jumladan, unda bu kabi qonun Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya singari rivojlangan mamlakatlarda ham mavjudligi qayd etilgan. BBC O‘zbek xizmati Senat e’lon qilgan misollarni tekshirib, ushbu ma’lumotlarning yolg‘on yoki noaniqligini aniqlagandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Senat IIO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made