Senat G‘aniyevga kelganda o‘zi chiqargan qonunni o‘zi unutdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘zi qabul qilgan qonunlarni o‘zi unutmoqda. Kecha, 30 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyev o‘tkazgan yig‘ilish, unda tilga olingan masalalar, xususan ro‘mol o‘ragan ayollarga nisbatan bilvosita tazyiq Senatning Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilindi. Ammo na Senat raisi Tanzila Norboyeva va na boshqa senatorlar yaqindagina qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni tilga oldi. 

Ular yig‘ilishda qabul qilingan qonunni xotirlashni unutgandir, ammo bo‘layotgan ayrim voqealar mansabdorlarning ko‘p qismi qabul qilinayotgan qonunlar bilan tanishib chiqmaganini ko‘rsatmoqda. 

Holbuki, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuning 3-moddasida ruhiy zo‘ravonlik tushunchasi kelitirilgan bo‘lib, unda shunday deyiladi: 

ruhiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik).

G‘aniyevning aytganlari sizningcha ruhiy zo‘ravonlikka mos keladimi? 

Bu masalaga tez orada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Gavhar Alimova aniqlik kiritadi. Senator bilan intervyuni QALAMPIR.UZ'da tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat G‘aniyevga Senat tomonidan qat’iy ogohlantirish berildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Senat Shuhrat G'aniev

Baholaganlar

618

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing