Prezident Davstatqo‘m raisiga yangi o‘rinbosar tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 20 maydagi qarori bilan Zohidjon Murodovich Ziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot-xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati xabar tarqatdi.

Zohidjon Ziyoyev 2007 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavr bosqichini, 2010 yilda Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti magistratura bosqichini, shuningdek 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Z.Ziyoyev 2010-2012 yillar mobaynida "O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasida, 2012-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida boshqarma boshlig‘i, 2017-2019 yillar oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tayinlov Davstatqo'm

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing