Senat 25-yalpi majlisda kimlarning “siqib suvini ichadi?”

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisi joriy yilning 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 10 dekabr kuni Senat Kengashining majlisida ma’lum qilingan. 

Yalpi majlisda senatorlar quyidagi qonun hujjatlari hamda muhim masalalarni muhokama qiladi:


•    “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi to‘g‘risida”gi;
•    “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun xujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi;
•    “Davlat boji to‘g‘risida”gi;
•    “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi;
•    “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi;
•    “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi;
•    “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari.

Bundan tashqari, Senat a’zolari notariat tizimining tubdan isloh qilinishi, ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan qonunlarni muhokama qiladi.  

Senatorlar tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz tumanining chegarasini o‘zgartirish, Termiz shahrining chegarasini kengaytirish hamda ularning chegaralarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.  

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslan Davletovning davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti, shuningdek Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunovning hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitiladi.

Senatorlar suv ob’ektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham muhokama qiladi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining yigirma beshinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida ishchi guruh tuzildi.

Kengash tomonidan Senat qo‘mitalariga yalpi majlisda muhokama uchun masalalarni tayyorlashda hududiy manfaatlarni himoya qilish, hududlar aholisini tashvishga solayotgan muammolarni ochib berish, shuningdek ularni hal etish bo‘yicha ijro hokimiyati organlari uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqish topshirig‘i berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yalpi majlis Senat

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing