“Kurer bo‘lishni istaysanmi?”. Buyuk Britaniyada yana bir muammo paydo bo‘ldi

Olam

image

Buyuk Britaniya supermarketlarida yangi muammolar paydo bo‘la boshladi. Bir oy oldin ular bo‘sh javonlar bilan xaridorlarni qo‘rqitgan bo‘lsa, endi mahsulotlarni uyga eltib beruvchilar bilan muammo chiqdi. Chunki hech kim bu ishni qilishni istamayapti. Shu sabab britaniyaliklardan uylaridan chiqib, xarid uchun o‘zlari harakat qilish lozimligi so‘ralmoqda.

Tesco kompaniyasining Buyuk Britaniyadagi supermarketlari yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarga bardosh bera olmaganini tan oldi va mijozlarni mahsulotlar xaridiga o‘zlari kelishga chaqirdi. Asosiysi, niqob va qo‘lqoplari bo‘lsa bo‘ldi. “Sen kurer bo‘lishni istaysanmi?” heshtigi ostida yetkazib berish xizmatida ishlashni istaydiganlarni jalb etishga urinish bo‘ldi. Ammo kutilgan natijaga erishilmadi.

Omborlarda hali ham oziq-ovqat zaxiralari mavjud, ammo ushbu mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish imkoniyati talabga javob bermaydi. Hukumat uyda qolishni va do‘konlarga bormaslikni talab qilganidan keyin kurerlar ishi maksimal darajaga yetdi.

Hatto niqob va qo‘lqoplar, masofani saqlash  ham xavfsizlikka 100 foiz kafolat bermaydi, chunki shifokorlarga ko‘ra, koronavirus 4 metrgacha tarqalishi mumkin ekan.

Onlayn tashrif buyuruvchilarning ko‘payishi sababli, Ocado supermarketi 18 mart kuni o‘z ilovasini va onlayn-do‘konini yopishga majbur bo‘ldi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga 93 873 nafar odam chalindi. 12 107 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Buyuk Britaniyada

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing