“Sen xizmatkorsan”. Farg‘onada YPX xodimiga qarshilik ko‘rsatgan aka-uka qamaldi (video)

3-sahifa

image

Farg‘onada Yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan tortishgan aka-uka fuqarolar 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda IIV Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 6 oktyabr kuni aka-uka R.M. va R.M. Farg‘ona shahar Kichik xalqa yo‘lida multiradar bilan xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat avtomobili oldiga kelib, ularni so‘roq qilishga uringan va tortishgan.

Video tasvirlarda fuqarolardan biri YPX xodimiga “sen xizmatkorsan”, deb uni ishdan bo‘shattirib yuborish bilan po‘pisa qilgan.

Xodimlar bilan tortishgan yigitlarning huquqbuzarliklari bo‘yicha yig‘ilgan ish hujjatlari jinoyat ishlar bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmi bilan ularga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing