“Sen kelsang, men “Real”dan ketaman”. Marselo Ronaldu bilan tortishuvini esladi
Sport
−
04 mart
29041“Real”ning sobiq himoyachisi Marselo “qaymoqranglilar” safiga o‘tish oldidan hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan kichik mojaroga borgan. Bu haqda Marselo “Madrid Xtra”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Mening Krishtianu bilan munosabatlarim Braziliya - Portugaliya o‘yini vaqtida janjallashganimizdan boshlangan. U juda tezkor edi va men uni to‘xtatib qolishim kerak edi. U meni torta boshladi, menga javob qaytarmoqchi edim, lekin u juda baland edi. Keyinroq bildimki, “Real” ikki oy ichida Ronalduni sotib olarkan. O‘shanda unga hazillashib sen kelsang men klubni tark etaman, degandim. Lekin hammasi yaxshi bo‘ldi”, deydi Marselo.
Ma’lumot uchun, Marselo “Real”da 2007 yilning yanvaridan 2022 yilning avgustigacha o‘ynagan. “Qirollik klubi”dagi faoliyati davomida braziliyalik besh marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. 2022 yil sentyabrida Marselo Gretsiyaning “Olimpiakos” klubiga o‘tdi va o‘tgan yilning noyabrida braziliyalik futbolchi o‘z vatanining “Fluminense” jamoasida faoliyatini yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu futboldagi kumirlari kim ekanligini ma’lum qilgandi.
E’tiborlisi, 40 yoshli Ronaldu aynan Marseloning vatandoshlarini o‘z kumirlari sifatida tan oladi.
LiveBarchasi