Sen ham eplolmasang, bu vazirlikni yopishimiz kerak – Prezident Musayevga

Jamiyat

image

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev tizimni epaqaga keltirolmasa, mamlakatda bu vazirlikni yopishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tgan.

“Vazir bironta shifoxonaning “glav vrach”ini tanimasdi. Toshkentdagini tanirdi, Andijon Qoraqalpog‘istondagini tanimasdi. Sen hammani tanishing kerak, qishloq shifokorlik punkti (shifokori – tahr.)ni ham tanishi kerak. Mahallaga tushdikku. Qishloq vrachlik punkti sening mahallang. Birlamchi bo‘g‘inga tushish kerak.

Sen ham buni eplolmasang, O‘zbekistonda tibbiyotni hech kim eplolmas ekan. Yopishimiz kerak bu vazrlikni”, degan Prezident Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Behzod Musayev o‘tgan yilning noyabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi boshiga keldi. Ungacha vazirlikka 2020 yilning 3 noyabridan beri Abduhakim Xojiboyev rahbarlik qilgan. O‘z navbatida Xojiboyev bu lavozimda 2017 yildan beri ishlab kelgan Alisher Shodmonov o‘rnini egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

2196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing