“Selxoz”dagi yong‘in batamom o‘chirildi – FVV
3-sahifa
−
30 Sentabr
8429Bugun, 30 sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universiteti hududida yuz bergan yong‘in soat 22:10 da batamom o‘chirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bildirilishicha, soat 20:10 da Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Yong‘inni bartaraf etish jarayonini Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev bevosita joyidan boshqarib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Qishloq xo‘jaligi vazirligi universitet binolaridan birida sodir bo‘lgan deb ta’kidlanayotgan yong‘in O‘rmon xo‘jaligi agentligi joylashgan binoning tom qismida sodir bo‘lganini xabar qilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr