“Selxoz“da chiqqan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
01 Oktabr
15283Kecha, 30 sentyabr kuni Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.
Avval xabar berganimizdek, soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yonib kul bo‘lgan “Selxoz”dan fotoreportajni e’tiboringizga havola etgandik.
LiveBarchasi