Sehrlangan “Old Trafford”da istaganingizga erisha olasiz – Ronaldu

Sport

image

Kecha, 11 sentyabr kuni Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytgach, ilk bor maydonga tushdi va “Nyukasl”ga qarshi kechgan bahsda dubl qayt etdi. Uchrashuvdan so‘ng, u o‘zining Instagram sahifasida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugun stadionimiz nima uchun “orzular teatri”, deb atalishini tushundim. “Old Trafford” men uchun sehrli o‘lkadek tuyulaveradi. Bu yerda istaganingizga erisha olasiz. Jamoadoshlarim va sodiq muxlislarimiz bilan birgalikda doimo olg‘a intilamiz. Men qaytganimdan faxrlanaman. “Man Yunayted” safida yana Premer ligada o‘ynayapman, lekin birinchi navbatda jamoaga yordam berayotganimdan xursandman”, deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 12 yillik tanaffusdan so‘ng, MYU safiga qaytdi va birinchi uchrashuvda raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol etdi. Bu uning uchun faoliyatidagi 200-dubli bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”da o‘tkazgan olti mavsumi davomida 292 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 118 marta ishg‘ol etgan. “Manchester Yunayted” bilan 3 marta APL chempionligi va Chempionlar ligasi oltin medalini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

MYu Ronaldu Aleks Fergyuson Old Trafford

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing