Sayyorada koronavirusga chalinganlar 24 milliondan oshdi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari soni 24 milliondan oshdi. 

Worldometer resursiga ko‘ra, 26 avgust kuni ertalabgacha dunyoda xavfli virusni yuqtirganlar soni 24 061 216 taga yetdi. 

Koronavirusga chalinish bo‘yicha eng yuqori pog‘onanini Qo‘shma Shtatlar egallab turibdi. Mamlakatda 5 million 955 728 kishi ushbu virusni yuqtirib olgan. COVID-19  bilan kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘ntalikka quyidagilar kiradi: Braziliya (3 million 674 176), Hindiston (2 million 234 474), Rossiya (966 189), Janubiy Afrika (613 017), Peru ( 607 382), Meksika (568 621), Kolumbiya (562 182), Ispaniya (423 224), Chili (400 985) va Eron (363 363). 

Xavfli virus tufayli sayyorada 823 513 kishi vafot etdi. 

Koronavirusni yuqtirganlardan 16 million 608 605 nafari davolandi,  6 million 629 098 kishining davolanishi davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ushbu kasallikka chalinganlar 39 790 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 35 983 nafari sog‘aygan, 289 kishi vafot etgan. Hozirda mamlakatda 3 394 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 294 nafari og‘ir, 110 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing