Or-nomus uchun o‘ldirdik – Turkiyada ikki kishini burdalaganlar qilmishini izohladi
3-sahifa
−
21:30 6641 11 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahri Umroniya tumanida ikki o‘zbekistonlik Sayyora Ergashaliyeva va Durdona Xakimovaning o‘ldirilishi yuzasidan olib borilgan tergov ishlari yakunlandi. Hibsdagi gumonlanuvchilar – o‘zbekistonlik 31 yashar Dilshod Turdimurotov va 29 yashar G‘ofurjon Kamolxo‘jayevga og‘irlashtirilgan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi so‘raldi. Bu haqda Turkiya mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Avval xabar berganimizdek, 2025 yilning 28 dekabr kuni ishlash maqsadida O‘zbekistondan Turkiyaga kelgan 32 yashar Sayyora Ergashaliyeva bilan 2026 yilning 23 yanvaridan buyon oilasi bog‘lana olmagan. Bu haqda huquq-tartibot organlariga kelib tushgan xabar asosida olib borilgan qidiruvlarda Sayyoraning oxirgi marta o‘zbekistonlik Durdona Xakimova bo‘laklab o‘ldirilgan uyda qolgani aniqlangan.
Tergov guruhi kamera yozuvlarini o‘rganib, 23 yanvar kuni uyga kirgan Sayyoraning ortidan Hakimovaning qotillari Dilshod Turdimurotov va G‘ofurjon Kamolxo‘jayev ham kirganini aniqlagan. Kuzatuv kamerasi yozuvlarida 24 yanvar kuni gumonlanuvchilarning uydan bir necha bor qora chiqindi qoplari bilan chiqqani, so‘ngra oq rangli jomadon bilan manzilni tark etgani aniqlangan. Gumonlanuvchilarning tijorat taksisida Fotih tumaniga kelib, jomadondagi tana qismlarini bir chiqindi konteyneriga tashlagach, Yenikapi Marmaray bekatiga piyoda ketgani ma’lum bo‘lgan. Tergov doirasida Durdona Hakimova qotilligi sababli hibsda saqlanayotgan Dilshod Turdimurotov va G‘ofurjon Kamolxo‘jayev bilan o‘tkazilgan so‘roqlar davomida Sayyora Ergashaliyeva ham 23 yanvar kuni o‘sha uyda tig‘li jism bilan o‘ldirilgani, jasadi esa bo‘laklanib, Istanbulning turli tumanlaridagi chiqindi konteynerlariga tashlab ketilgani aniqlandi.
“23 yanvar kuni tushdan keyin Dilshod bilan Oqsaroyda uchrashdik. Kechki soat 21:00 gacha birga edik. Durdona va Sayyoraning ikkalasini ham o‘ldirishni reja qildik. Bu ishni or-nomus masalasi deb bildik. Mening oilamni Sayyora, Dilshodning oilasini esa Durdona barbod qilgandi. O‘sha kuni kechqurun Durdona va Sayyorani uyga olib kelmoqchi bo‘ldik. Ammo qancha qistovga olsak ham Durdona uyga kelishni xohlamadi. O‘sha kecha Dilshod bilan Yenikapidan metroga tushib, Umroniyaga bordik. Umroniyada biz turadigan uyga ketayotganimizda Qurbonali bilan ko‘rishib qoldik. Qurbonali uyning bir xonasiga boshqa ijarachi qo‘ymoqchi ekanini aytdi. Men unga ijarachi qo‘yma, o‘sha xonaning ham pulini men beraman, dedim. Lekin u rozi bo‘lmadi. Biz Qurbonali bilan gaplashayotganimizda Dilshod bizdan 30-40 metr narida turardi. Qurbonali menga xonani ijaraga beradigan ayolni olib kelishini, so‘z berganini va albatta olib kelishini aytdi. Qurbonali ayolni olib kelish uchun ketdi, biz esa Dilshod bilan o‘zimiz turadigan uyga bordik. Kalit bilan ochib, uyga kirdik. Ichkarida faqat Sayyora bor edi. Undan boshqa hech kim yo‘q edi. Uyga kirishim bilanoq Sayyoraga sen nega onamni haqorat qilding, dedim. U “men unaqa demadim”, deyishi bilan og‘ziga bir urdim. Sayyora baqir-chaqir qila boshladi. Biz shundoq ham Dilshod bilan uni o‘ldirishni rejalashtirib qo‘ygandik. Shu payt onamga qo‘ng‘iroq qildim. Lekin onam go‘shakni ko‘tarmadi. U telefonni ko‘tarmagach, shovqin kuchaya boshladi. Dilshodga ishora qildim. Rejamiz pishiq edi, bu voqealar sodir bo‘layotganda mening xonamda edik. Men Dilshodga ishora qilganimdan so‘ng, Dilshod pichoq bilan 4 yoki 5 marta Sayyoraning yuragiga urdi. Sayyora krovatga yiqildi va bir daqiqa ichida jon berdi”, deydi gumonlanuvchi G‘ofurjon Kamolxo‘jayev.
Keyinroq, Dilshod va G‘ofurjon yerdagi gilamni ko‘tarib, qora rangli axlat xaltasini ochib, krovatda yotgan Sayyorani choyshabi bilan birga olib, yerga solingan xalta ustiga qo‘ygan. Bu orada ular qotillik dalillarini qanday yo‘q qilish ustida bosh qotirarkan, eshik taqillab, uy egasi yonida bir ayol bilan kelib qoladi.
“Qurbonali bilan bir ayol uyga kirib keldi. Ularga eshikni men ochdim. Qurbonali Dilshodning uyda ekanini bilmasdi. Qurbonali Dilshodni ham, yerda jasadi yotgan Sayyorani ham ko‘rmay, o‘z xonasiga kirib ketdi. Yonidagi ayol esa burchakdagi bo‘sh xonaga o‘tdi. Oradan besh daqiqa o‘tgach, Qurbonali xonasidan chiqib, ayol kirgan xonaga o‘tdi. Biz ularning uxlab qolishlarini, ovozlari o‘chishini kutdik. Dilshod bilan Sayyoraning jasadini tashlab ketmoqchi edik. Ammo biz chiqib ketsak, uydagi o‘sha notanish ayol jasadni ko‘rib qoladi deb ketmadik va Sayyoraning jasadini bo‘laklarga bo‘lib, xaltalab, tashqariga chiqarib tashlashni o‘yladik. Dilshod Sayyoraning jasadini bo‘laklarga ajrata boshladi. Uydan 4 ta alohida axlat xaltasi bilan chiqdik va bu xaltalarni uy yaqinidagi axlat konteyneriga tashladik. Jamadon yoki sumka qidirib chiqdik, lekin topa olmadik. So‘ng uyga qaytdik, yarim soatcha o‘tirgach, yana jamadon qidirgani chiqdik. Yana qo‘limizga sig‘adigan 3 ta kichik xalta olib, uydan chiqardik va yaqin atrofdagi axlatga tashladik. Keyin bir do‘kondan jamadon sotib olib, uyga qaytdik. Uyda faqat Sayyoraning gavdasi qolgandi, uni jamadonga joylashtirdik. Butun uyni tozalab bo‘lgach, yana ko‘chaga chiqdik. Uy yonidan o‘tayotgan taksini to‘xtatib, Laleli tomonlarga ketdik. Taksidan tushgach, Oqsaroy taraflarda ko‘rgan bir axlat konteyneriga Sayyoraning qolgan gavdasini tashlab, jamadonni yana o‘zimiz bilan oldik. Sayyoraning telefonini jasad bilan birga tashlamagan edik, uyda qoldirdik. Uyda ekanligimda Sayyoraning telefonidan go‘yoki Sayyoraning o‘zidek bo‘lib Durdonaga xabar yozdim. Xabarda “G‘ofurjondan juda to‘ydim, ajrashmoqchiman, O‘zbekistonga ketaman”, deb yozdim. Oqsaroyda restoranda ovqatlanayotganimizda Durdonaga o‘z telefonimdan qo‘ng‘iroq qildim, u hali to‘liq uyg‘onmagan ekan. Durdonaga “yonimizga kel, Sayyoraning bola-chaqasiga bir narsalar olamiz, keyin uni kuzatib qo‘yamiz”, dedik, shu sababli ham jamadonni yonimizda olib yurgandik. Durdona “bir soatdan keyin Yenikapida uchrashaylik”, dedi. Uning kelishini kutayotib, Laleli tarafga o‘tdik va men o‘z telefonimni sotdim. Dilshodga 10 ming lira pul berdim, shundan so‘ng Dilshod bilan ajraldik”, deydi G‘ofurfon Kamolxo‘jayev.
Albatta, savol tug‘iladi. Qotillikni amalga oshirgan ikkiovlon bir-biri bilan qanday tanish bo‘lgan, ularni nima bog‘lagan? Dilshod Turdimurotovning ko‘rsatmalariga qaraganda, u G‘ofurjon Kamolxo‘jayev bilan ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbeklar kanali orqali savdo-sotiq qilish maqsadida tanishgan. Ular atir va kiyim-kechak sotgan. Dilshod G‘ofurjondan olgan kiyimlarining ustiga foyda qo‘yib sotgan. Dilshod Turdimurotov so‘zida davom etarkan, Turkiyaga Durdona Hakimova bilan yashash maqsadida kelgani, ular o‘rtasida ishqiy munosabat bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.
“Durdona bilan birga yashash uchun Istanbulga keldim. G‘ofurjon Kamolxo‘jayev bilan savdo-sotiq qilish maqsadida tanishgan edik. Men G‘ofurjon olib kelgan kiyimlarni ustiga foyda qo‘yib sotardim. Bu odamlar bilan uchrashganimizdan 3-4 kun o‘tgach, yana Oqsaroyda uchrashdik. Bu safar bir yildan beri tanish bo‘lgan shar’iy nikohimdagi ayolim Durdona bilan birga bordim. Bu uchrashuvdan yana 3-4 kun o‘tib, G‘ofurjon bilan Sayyora bizni o‘zbekcha palov qilish uchun G‘ofurjonning uyiga taklif qilishdi. Shu tariqa ular bilan yaqinlik paydo bo‘ldi”, deydi Turdimurotov.
Dilshod va G‘ofurjon 2026 yilning 23 yanvari, ya’ni Sayyora Ergashaliyeva o‘ldirilgan kuni Istanbulning Oqsaroy mavzesida ko‘rishib, kechgacha birga vaqt o‘tkazgan. Uning aytishicha, Sayyora Ergashaliyevani G‘ofurjon o‘ldirgan va u voqeadan keyin xabar topgan.
“Faqat ikkimiz aylandik. Yonimizda boshqa hech kim yo‘q edi. Yenikapidan metroga o‘tirib, Umroniyaga bordik. Shundan so‘ng G‘ofurjon menga “Sen shu yerda kutib tur, uyga boshqa birovni olib kelibdi, deb o‘ylamasin, men Qurbonali bilan ko‘rishib qaytaman”, dedi. Qurbonali Umroniyadagi qassob do‘konida ishlaydi. G‘ofurjon Qurbonali bilan ko‘rishganidan 15-20 daqiqa o‘tib yonimga keldi. U yerdan G‘ofurjon yashaydigan uyga piyoda bordik. Aniq soati esimda yo‘q, lekin kechki soat 20:00-21:00 oralig‘i edi. Uyga borganimizda eshikni Sayyora ochdi. Uyda Sayyoradan boshqa hech kim yo‘q edi. So‘ng men, G‘ofurjon va Sayyora oshxonada choy ichdik. Keyin G‘ofurjon bilan Sayyora o‘zlari yashaydigan xonaga o‘tishdi. Bu xona kvartira eshigidan kirganda o‘ng tomonda, ro‘parada joylashgan. Oshxonada turganimda G‘ofurjon bilan Sayyoraning baqir-chaqirini eshitdim. Taxminan yarim soatdan so‘ng G‘ofurjon meni xonaga chaqirdi. Xonaga kirganimda Sayyora kravat ustida qonga belangan holda yotardi, G‘ofurjonning qo‘lida esa pichoq bor edi”, deydi Dilshod Turdimurotov.
Dilshod Turdimurotov so‘zlarida davom etarkan, qonga belangancha xushsiz holda yotgan Sayyoraning ustida libosi bo‘lgani uchun uning qeridan pichoqlanganini bilmaganini aytgan. Xullas, ikkiovlon jinoyat dalillarini yashirish uchun choyshabga o‘rab, yerga yotqizgan. Dilshod Turdimurotov Sayyoraning o‘ligini ko‘rgan, lekin uning bo‘laklanganidan bexabar qolgan. U o‘sha vaqtda uxlab qolgani, uyg‘onganida esa chiqindi xaltlarida Sayyoraning jasadi bo‘laklarini ko‘rgani, ularni G‘ofurjon bo‘laklaganini aytgan.
“Kechqurun uyga kirishdan oldin G‘ofurjon menga yarmi qizil, yarmi oq beshta tabletka berdi. Men bu tabletkalar nima ekanligini bilmayman. Sayyorani kravatdan choyshabi bilan birga yerga tushirganimizdan keyin uyqum keldi va xona burchagidagi divanda uxlab qolibman. Ertalab soat 09:00-10:00 lar atrofida uyg‘onib, o‘zimga kelganimda, xonada 4-5 tadan ko‘p qora chiqindi xaltasi bor edi. Bu xaltalarni ochib qaraganimda, bir xaltaning ichida faqat Sayyoraning tanasi bor edi. Boshqa xaltalarda Sayyoraning boshqa a’zolari bor edi va bu xaltalar qon bo‘lgani uchun tanasining qaysi qismlari ekanligiga uncha e’tibor bermadim. Voqea sodir bo‘lgan kechasi G‘ofurjon ikkimiz uyga kelganimizdan keyin, bizdan so‘ng uyga kimdir kelgan-kelmaganini bilmayman. Ertalab G‘ofurjon menga Qurbonalining bir ayol bilan uyga kelganini aytdi. Ertalab uyg‘onganimda men Qurbonali va uning yonidagi ayolni ko‘rmadim. Ertalab uyg‘ongach, G‘ofurjon ikkimiz qonli choyshab va lattalarni xaltalarga solib, uy yonidagi axlat qutisiga tashladik. Bularni axlatga tashlaganimizdan so‘ng G‘ofurjon borib, krem rangli bir jamadon olib keldi. Sayyoraning tanasi bo‘lgan qismni choyshabga o‘rab, qora xaltalarga solib, jamadonning ichiga joylashtirdik. So‘ngra eshik oldiga chiqib, o‘sha yerdan taksiga o‘tirdik”, deydi u.
Turdimurotovning aytishicha, Sayyora vafotidan taxminan 10-12 kun oldin G‘ofurjon bilan birga bir keksa odamga turmushga chiqqan yosh kelinchakning uyiga mehmonga borgan va o‘sha yerda Sayyora kelinchakka qarab, “menga ham shunday boy va keksa turmush o‘rtoq topib ber”, deb aytgan. Bu gaplar Durdona Hakimova orqali G‘ofurjonning qulog‘iga yetib kelgan. Sayyora esa G‘ofurjonning onasini haqorat qilgan. Bulardan g‘azablangan G‘ofurjon Kamolxo‘jayev esa Sayyorani o‘ldirishni niyat qilib, bu masalada Dilshod Turdimurotov bilan maslahatlashgan. Turdimurotov esa o‘z bayonotida uni bu ishdan qaytarishga uringanini bildirgan.
“Sayyora G‘ofurjondan tinmay pul so‘rardi. Ular qattiq bahslashishardi. Lekin nima uchun janjallashayotganlarini bilmayman. G‘ofurjon Sayyorani nima uchun o‘ldirganini ham bilmayman. Men Qurbonalini o‘sha kecha ko‘rmadim. Men giyohvand modda ta’sirida edim. Ertalab uyg‘onganimda jasadlar parchalanib ketgan edi. Men Qurbonali murdani bo‘laklagan yo bo‘laklamaganini bilmayman. G‘ofurjon bir o‘zi ertalabgacha bo‘laklagan bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston aholisining 90 foizi bolaligidan qassoblik bilan shug‘ullanadi va so‘yish, bo‘laklash bo‘yicha ham ma’lumotga ega. Men Sayyorani o‘ldirmaganman. Men uning jasadini bo‘laklarga ajratmadim. Sodir bo‘lgan qotillikdan qo‘rqqanim va o‘sha paytda miyam ishlamagani uchun xabar bera olmadim. Nima uchun G‘ofurjonga jasadni tashishda yordam berganimni bilmayman”, deydi Dilshod Turdimurotov.
Prokuratura ikki gumonlanuvchiga nisbatan “qasddan vahshiylarcha o‘ldirish yoki qiynoqqa solish” aybi bo‘yicha og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosi, “odamning o‘limidan foydalanib o‘g‘irlik qilish” aybi bo‘yicha esa 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosini talab qildi. Hozircha sud ushbu talab bo‘yicha hukm chiqarganicha yo‘q.
Sayyoraning vafoti
Joriy yilning 24 yanvar kuni Istanbulning Shishli tumani Kuyulubog‘ ko‘chasidagi chiqindi qutisidan 37 yashar o‘zbekistonlik Durdona Hakimovaning bo‘laklangan jasadi topildi.
Kamera yozuvlari va guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, hodisa joyidagi axlat konteyneriga qoramtir kiyimdagi, soqolli ikki erkak och rangli jamadon bilan kelgani, keyin yana jamadon bilan piyoda ko‘chadan chiqib ketgani, gumonlanuvchilar jamadonni hodisa joyiga yaqin bo‘lgan Bozkurt ko‘chasi tomon tashlab ketgani aniqlangan.
Istanbul politsiyasi Istanbul aeroportida Gruziyaga qochmoqchi bo‘lgan paytda ikki nafar qotillikda gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ularning ikkalasi ham O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum bo‘lgan. Razvedka bo‘limi va Qotillik bo‘limi tomonidan bir necha soat ichida ushlangan gumonlanuvchilardan biri qotillikni bevosita sodir etgan, ikkinchisi esa yordam bergani aniqlangan. Shuningdek, gumonlanuvchilar foydalangan taksini boshqargan shaxs ham qo‘lga olingan. Shu tariqa ish bo‘yicha hibsga olinganlar soni 3 nafarga yetgan.
Fevral oyiga kelib, mazkur ish doirasida olib borilgan surishtiruvlar natijasida Durdona Hakimova o‘ldirilgan Umroniyadagi uyda yana bir o‘zbekistonlik ayol – Sayyora Ergashaliyeva ham bo‘laklab o‘ldirilgani aniqlandi.
Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avval Durdona Hakimovaning o‘limi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro 1994 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan Sayyora Ergashaliyevaning aynan Durdona Hkamiova qotilligida gumonlanayotgan shaxslar tomonidan o‘ldirilgani aniqlangan. Sayyora Ergashaliyeva Durdona Hakimovaning yaqin dugonasi bo‘lgan.
23 yanvar kuni gumonlanuvchilar Dilshod Turdimurotov va G‘ofurjon Kamolxo‘jayev o‘zaro til biriktirgan va Ergashaliyevani avval pichoq bilan o‘ldirib, jasadni bo‘laklab, Fotih tumanidagi axlat qutilariga tashlagan. 24 yanvar kuni qotillar Ergashaliyevaning telefonidan Hakimovaga SMS xabar yuborib, uni ham chaqirib, Ergashaliyeva singari uni ham pichoq bilan o‘ldirib, tanani bir nechta qismlarga bo‘lib, Shishli tumanidagi chiqindi qutilariga tashlagan.
Hozirgacha Ergashaliyevaning jasadi topilmagan.
Live
Barchasi