Saylovga ikki kun qolganda O‘zLiDepning “ketmoni uchdi”
Jamiyat
−
20 dekabr 2019
12707Joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligi uchun saylovlar o‘tkaziladi. Saylovga ikki kun qolganda ikki partiya vakili deputatlikka qo‘ygan nomzodini qaytib oldi.
Kecha, 19 dekabr kuni "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi a’zosi Sobir Shukurov (63-Kattaqo‘rg‘on okrugi) va "Adolat" SDP nomzodi Abduvali Mavlonov (54-Norin okrugi) ham o‘z arizalariga binoan ro‘yxatdan chiqarildi.
Avvalroq, 19 noyabr kuni Ekologik partiya vakili Saydulla Xoliqov (79-Jarqo‘rg‘on okrugi), keyinroq 6 dekabrda Xalq demokratik partiyasidan Zokir Nurov (93-Parkent okrugi) o‘z istagiga ko‘ra deputatlikka nomzodlar safidan o‘chirilgan edi.
Shu tariqa to‘rt partiya saylovda 150 ta o‘rinni egallash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Faqatgina O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi to‘liq 150 o‘rinni egallashi mumkin bo‘lib qoldi.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka asosan, nomzodlar saylovga qadar istalgan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Deputatlikka nomzod ko‘rsatish esa saylovga 45 kun qolganida to‘xtatiladi.