Saylovdan oldin bo‘lmasa, unda saylovlardan so‘ng. Mirziyoyevning RFga tashrifi haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi 2021 yilda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi keng ko‘lamli formatda o‘tishiga umid qilmoqda. Bu haqda bugun, 2 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralarda aytib o‘tdi.

“Albatta, ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibidagi eng muhim masala – bu (O‘zbekiston Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga) tashrifi. Biz buning shaxsiy uchrashuv, keng ko‘lamli tashriflar bo‘lishini istardik. Bu masalani hali ko‘rib chiqamiz va yana siz bilan maslahatlashamiz. Bizda hali qo‘shimchasiga, oktyabr oyida Prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Agar bundan (saylovdan – tahr.) oldin tashrifni tashkillashtirishga vaqtimiz bo‘lmasa, unda prezidentlik saylovlaridan so‘ng darhol birinchi tashrifni amalga oshirish taklifi bor”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri. 

Shuningdek, Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish juda past darajada ekanligi Rossiya bilan ikki tomonlama hamkorlikni ma’lum sohalarda tiklash masalasini muhokama qilishga imkon berishini ta’kidlagan. 

“Qo‘shnilar bilan munosabatlarga kelsak, ular haqiqatan ham bir muncha to‘xtatilgan edi. Ammo shunga qaramay, endi biz bularning barchasini ochamiz va tiklaymiz”, deya qo‘shimcha qildi vazir.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari mintaqadagi siyosiy vaziyat jadal rivojlanib borayotganiga e’tibor qaratgan. 

“Qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar hamda Afg‘onistondagi vaziyat nuqtai nazaridan baholarimizni siz bilan bo‘lishishga tayyorman”, deya Komilov Lavrovga murojaat qilgan.

Komilovning ta’kidlashicha, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar imkoniyati borgan sari Afg‘oniston va umuman butun mintaqada yanada aniqroq aks etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Mirziyoev

Baholaganlar

458

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing