Mirziyoyev Qirg‘iziston Bosh vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev  uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarovni qabul qildi. Bu haqda "AKIPress" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, yirik sarmoyaviy va infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish, energetika, transport, logistika, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari gaplashilgan.

"Shuningdek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi, Qambar Ota - 1 GES qurilishi, Chotqol daryosida yana ikkita GES qurilishi loyihasi muhokama qilindi. Uchrashuv uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida bo‘lib o‘tdi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bosh vazir Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing