Saylovda ovoz bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin
Olam
−
14 iyul 2023
55620Qirg‘izistonda Prezident va deputatlar saylovida ovoz berishda qatnashmaganlik uchun jarima solinishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi Jo‘qorg‘u Kenesh saytiga muhokamaga qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, agar bu loyiha qabul qilinsa “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti va parlament deputatlari saylovi to‘g‘risida”gi qonunga bir necha o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti va Jo‘qorg‘u Kenesh deputatlari saylovlarida ovoz berishdan bosh tortgani uchun har qanday qirg‘izistonlik 50 hisoblangan ko‘rsatkich – 5 ming som miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Faqat uzrli sabablarga ko‘ra ovoz berishni o‘tkazib yuborganlar uchun istisno qilinadi. Bunday sabablarning mezonlari qonun loyihasida ko‘rsatilmagan.
Hujjatda keltirilishicha, ko‘plab Yevropa davlatlari, Avstraliya, Braziliya, Turkiyada uzrli sabablarsiz saylovga kelmagan fuqarolarni javobgarlikka tortish amaliyoti mavjud. Shuningdek, mazkur chora saylovda yetarlicha faollikni ta’minlashi qayd etilgan.
LiveBarchasi