Saylovchilar AQSH tarixidagi eng yomon prezident tanloviga duch keldi – WP
Olam
−
02 noyabr
13937AQSH saylovchilari mamlakat tarixidagi eng yomon prezident tanlovi oldida qoldi. Bu haqda “Washington Post” nashri sharhlovchisi Jorj Uill ma’lum qildi.
“Avvalgi prezident saylovlarining aksariyati o‘rtamiyona, ba’zi hollarda esa qalloblar tanlovi bo‘lgan... Ammo, bu yilgi tanlov ularning ichida eng yomoni”, deb yozadi Uill.
U AQSHning respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampni “xayol va isterikalar vulqoni” sifatida tavsiflagan. Uning raqibi, mamlakat vitse-prezidenti Kamola Harrisni esa “plastilin” deb atagan.
“Ehtiyotkorlik fazilat hisoblanadi, shuning uchun Harrisning kuratorlarini uni jamoatchilik bilan maktab gazetalaridagi intervyulardan, murakkabroq muloqotlardan asrab kelayotgani uchun ayblash kerak emas”, deya istehzoli tarzda yozadi Uill.
Shuningdek, u Tramp va Harrisning bir qator masalalarga nisbatan yondashuvlaridagi farqni ta’kidlab, ularning hech biri yaxshi emasligini aytgan. Sharhlovchi ularni tanqid qilarkan, noaniqlikning turli uslublari haqida so‘z ochadi. Unga ko‘ra, Tramp ko‘p narsani oshkor qilmaydi, Harris esa ortiqcha so‘zlaydi.
Uillga ko‘ra, ikkala nomzod ham omadsiz vitse-prezident nomzodlarini tanlagan. Demokratlar partiyasi nomzodi Tim Uolz, Uillning ta’rifiga ko‘ra, tentak roliga mos keladi, respublikachilar nomzodi Jeymi Devid Vens esa qo‘rqinchli ertaklar so‘zlaydi.
Ma’lumot uchun, Qo‘shma Shtatlarda navbatdagi prezident saylovlari 5 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 70 milliondan ortiq Amerika fuqarosi AQSH prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz bergani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi