Saylov jarayonida fuqarolardan 250 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan – BP
Jamiyat
−
09 iyul 2023
8543Saylov jarayonlarida uning natijalariga u yoki bu tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan biron-bir jiddiy qonunbuzilishi hozirgi vaqtga qadar aniqlanmadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar prokuratura organlarining barcha bo‘g‘inlarida tashkil etilgan 24 soatlik uzluksiz navbatchilikda xizmat qilmoqda, ular saylov jarayonida qonuniylikni ta’minlash ishlariga to‘liq jalb etilgan.
"Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilib, mamlakatdagi vaziyat haqida real vaqt rejimida axborot almashilmoqda", dedi u Shohrux Aminov.
Shuningdek, u saylovni tinch va osoyishta o‘tkazilishi, jamoat tartibining saqlanishi qat’iy nazoratga olinganini aytib o‘tgan.
"Soat 15:00 ga qadar prokuratura organlariga saylov jarayonida shu kunga qadar fuqarolardan 250 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularda asosan saylov qonunchiligiga oid huquqiy tushuntirish so‘ralgan. Huquqbuzarliklarga oid xabarlar va murojaatlar kelib tushmadi", deya qo‘shimcha qilgan Aminov.