Saylov kuni metro qanday tartibda ishlashi aytildi
O‘zbekiston
−
25 Oktyabr 2024 3843 1 daqiqa
Joriy yilning 27 oktyabr kuni Toshkent metrosining barcha bekatlari o‘z ishini 1 soat avval ya’ni 05:00 dan boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.
“Toshkent shahar aholisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Toshkent metropolitenining barcha bekatlari soat 05:00 dan ish faoliyati boshlanishini yana bir bor eslatib o‘tamiz” deyiladi xabarda.
Shuningdek, bu kunda yo‘nalishlarda poyezdlar harakati ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida tashkillashtiriladi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr