Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov vafot etdi
3-sahifa
−
16 yanvar 2024
8115Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Islom Jasimov 1957 yil 24 martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
1986-2017 yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.
1993 yilda “O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i”, 2001 yilda “Shuhrat” medali va 2017 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 2020 yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun “MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi” medali bilan taqdirlangan.
U 2017 yildan buyon savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Islom Jasimovning dafn marosimi bugun, 16 yanvar kuni “Islom ota" jome’ masjidida peshin namozi vaqtida o‘tkaziladi.
LiveBarchasi