Savdo-sanoat palatasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Dilshod Rasulov Ozodovich O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Dilshod Rasulov 1972 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1994 yilda Toshkent moliya institutini, 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan. 1997-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Dilshod Rasulov 2010-2014 yillarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Savdo ko‘rgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti boshlig‘i, rais o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Davronbek Kurbanov Kadambayevich Savdo-sanoat palatasi raisining biznes muhitini tahlil qilish va ishbilarmonlik indekslarini baholash, tadbirkorlarga bozor infratuzilmasi masalalarida ko‘maklashish yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Davronbek Kurbanov 1975 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, 1995 yilda Samarqand kooperativ institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonida turli lavozimlarda ishlagan.

2022-2023 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining Strategik rejalashtirish departamenti direktori,  tayinlovga qadar esa Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Savdo-sanoat palatasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing