Shuhrat Abdurahmonov “Andijon bulbuli”ga mashina sovg‘a qildi
Jamiyat
−
06 Oktabr 2019
10164Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov “Devonaboy” jome masjidi muazzini, andijonlik taniqli qori Muhammadjon Temirovga Nexia-3 avtomobilini sovg‘a qildi.
“To‘g‘ri, dinimiz uchun arzimas sovg‘a, muhimi, men sizga qalban o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman. Dinimiz uchun qanday yordam kerak bo‘lsa, tunu kun doim tayyorman. Zero, bugungi kunlarni ko‘rsatgan Allohga shukr”, dedi Shuhrat Abdurahmonov.
Muhammadjon Temirov Qur’on suralarini o‘zgacha shirali ovozi bilan tilovat qilishi orqali “Andijon bulbuli” nomini olgan.
LiveBarchasi