Saudiyaning ikki yirik banki birlashishga kelishdi. Birlashgan kompaniya nazorati valiahd shahzodaga beriladi

Olam

image

Saudiya Arabistonining yirik banki National Commercial Bank (NCB) va uning raqobatchisi Samba Financial Group birlashishga kelishib oldi. Bu haqda “Bloomberg” xabar tarqatdi.

NCB Samba`ning har bir aksiyasi uchun 28,45 riyol (7,58 dollar) to‘laydi. Kelishuv summasi 55,7 mlrd riyol (deyarli 15 mlrd dollar) deb baholanyapti. NCB aksiyadorlariga birlashuvdan keyin hosil bo‘lgan kompaniyaning 67,4 foiz, Samba’ga esa 32,6 foiz aksiyasi tegishli bo‘ladi.

Saudiya banklarining birlashishi 2020 yildagi eng yirik qo‘shilish bo‘ladi. Yangi moliyaviy guruhning umumiy aktivlari hajmi 220 mlrd dollarga teng bo‘ladi. Bu uni Fors ko‘rfazidagi uchinchi kreditorga aylantiradi. Birlashgan kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 46 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich mintaqadagi eng yirik bank Qatar National Bank QPSC kapitalizatsiyasi bilan teng.

“Bloomberg” ma’lumotiga ko‘ra, NBC va Samba`ning birlashuvi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmaon al-Saud 2016 yilda e’lon qilgan davlat dasturining muhim bandi hisoblanadi. Dastur mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, neft mahsulotlariga og‘liqlikni kamaytirish va xizmat ko‘rsatish, turizm, infratuzilma, rekreatsion sohani rivojlantirishga qaratilgan.

NBC direktorlar kengashi raisi Said Al Hamdiyning aytishicha, yangi milliy strategiya iqtisodiyot diversifikatsiyasini moliyalashtirishga qodir bo‘lgan kuchli moliyaviy sektorni talab qiladi. Ta’kidlanishicha, valiahd shahzoda boshchiligidagi davlat investitsiya jamg‘armasi 37,2 foiz ulush bilan birlashgan NBC-Samba kompaniyasining eng yirik aksiyadori bo‘ladi.

Birlashuv yangi kompaniyaga yiliga 800 mln riyol (213 mln dollar) daromad keltirishi kutilyapti. Kelishuv 2021 yilning birinchi choragida yakunlanadi va kompaniya rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi. Al-Hamdiy guruhning boshqaruvchi direktori bo‘ladi, Samba`ning amaldagi raisi Ammar al-Xudayri birlashgan bankka rahbarlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni moliya National Commercial Bank

Baholaganlar

57

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing