Saudiyada birinchi spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi
Olam
−
25 yanvar
17988Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda faqat musulmon bo‘lmagan diplomatlarga xizmat ko‘rsatadigan birinchi spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi. Bu haqda “Reuters” nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, do‘konga tashrif buyurish uchun diplomatlar maxsus ariza bilan ro‘yxatdan o‘tishlari, Qirollik Tashqi ishlar vazirligidan kirish kodini olishlari va oylik kvotaga rioya qilishlari kerak.
“Biroq mamlakatda hozirgacha spirtli ichimliklarni faqat qora bozorda yoki diplomatik pochta orqali sotib olish mumkin edi”, deya ta’kidlaydi manba.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida ham fuqarolar, ham xorijiy fuqarolar tomonidan spirtli ichimliklarni iste’mol qilish mutlaqo taqiqlangan. Ushbu qonunni buzish o‘lim jazosiga olib kelishi mumkin.
Biroq qirollik Bosh vaziri va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al-Saud o‘zining “Vision 2030” rivojlanish dasturida an’anaviy qadriyatlarning muhim rolini saqlab qolgan holda Saudiya Arabistonini yanada ochiq va ilg‘or davlatga aylantirish istagini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning oktyabr oyida Shakira ilk bor Saudiyada konsert bergan edi.
LiveBarchasi