Saudiya o‘z muxlislariga JCH chiptasi pullarini to‘lab beradi
Sport
−
02 iyun 1405 1 daqiqa
Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi muxlislari Jahon chempionati uchrashuvlariga bepul chiptalar olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Mazkur xabarni Saudiya Arabistonining AQSHdagi elchixonasi ham o‘z sahifasida ulashgan.
“Siz stadionga borish uchun xarajat qilasiz, chiptalar uchun esa biz to‘laymiz”, deyiladi murojaatda.
Hozircha chiptalarni taqdim etish tartibi va ularning aniq soni haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni terma jamoasi ishtirokidagi ayrim uchrashuvlar uchun chiptalar narxi 3000 dollargacha yetgan. Biroq shunga qaramay, minglab o‘rindiqlar hali ham sotilmay qolgan.
Joriy yilning aprel oyi boshida Jahon chempionatining 104 ta uchrashuvidan 40 tasi uchun chipta narxlarini oshirgan edi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi musobaqaning “H” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Urugvay, Ispaniya va Kabo-Verde jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuvlar Florida shtatidagi Mayami-Gardens, Jorjiya shtatidagi Atlanta hamda Texas shtatidagi Xyuston shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iordaniya hukumati davlat sektorida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ish kunining rasmiy boshlanish vaqti terma jamoaning Jahon chempionatidagi o‘yinlari kunlarida bir yarim soatga kechiktirgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi