Saudiya shayxlarining yozdagi asosiy “nishon”i ma’lum bo‘ldi
Sport
−
04 yanvar
5330Saudiya Arabistoni investitsiya jamg‘armasi yozgi transfer oynasi uchun asosiy transfer maqsadi bo‘ladigan futbolchini ma’lum qildi. Shayxlar “Manchester Siti” yetakchisi Kevin De Bryuyneni o‘z chempionatiga taklif qilmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Rudi Galetti X'dagi sahifasida ma’lum qildi.
32 yoshli belgiyalik futbolchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. Joriy mavsum yakunlangach, De Bryuyne Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Saudiya investitsiya jamg‘armasi to‘rtta mahalliy klubga egalik qiladi: “Al-Ittihod”, “Al-Nasr”, “Al-Hilol” va “Al-Ahli”.
De Bryuyne jarohati sabab joriy mavsum startini o‘tkazib yubordi. Faqat “Sheffild Yunayted”ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda u jamoa safiga qaytdi. Futbolchi Angliya kubogi doirasidagi “Xaddersfild”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Qayd etish joiz, Saudiya klublari qishda transfer bozorida faol bo‘lmoqchi emas, biroq yozda xorijlik o‘yinchilar uchun limit 8 dan 10 ga ko‘paytiriladi.
LiveBarchasi