Saudiya Putin-Tramp uchrashuviga tayyorgarlikni boshlamagan
Olam
−
13 fevral 4300 1 daqiqa
Saudiya Arabistoni rasmiylari AQSH va Rossiya Prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi sammitga tayyorgarlikni boshlamadi. Bu haqda podshohlik Axborot vazirligidagi manbaga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Kecha, 12 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida uchrashuv o‘tkazmoqchiligi ma’lum qilgan. Ushbu xabardan so‘ng, jurnalistlar Saudiya Arabistonining rasmiy manbalari bilan bog‘langan. Podshohlik esa ushbu sammitga tayyorgarlik hali boshlanmaganini ma’lum qilgan.
“Hali yo‘q, ikki Prezident o‘rtasida sammitni chaqirish sanasi hali aniqlangani yo‘q”, degan nashr manbasi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 fevral kuni Rossiya va AQSH Prezidenti Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali muloqot chog‘ida o‘z yordamchilariga shaxsiy uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zudlik bilan ko‘rsatma berishga kelishib olgandi.