Saudiya klubi taniqli darvozabon uchun 50 million yevro to‘lamoqchi
Sport
−
31 iyul 2023 4207 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” Bilbaoning “Atletik” klubi darvozaboni Unai Simonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasining 26 yoshli posboni transferi Saudiya klubiga 45-50 million yevroga tushishi mumkin. Basklar Simon bilan xayrlashishga tayyor, chunki ular umidlarini 22 yoshli darvozabon Xulen Agirresabalaga bog‘lamoqda.
Bu yozda “Tottenxem” Simonni sotib olishga urinib ko‘rdi, ammo 20 million yevrolik taklif “Atletik”ni qoniqtirmadi.
Ta’kidlash joiz, “Al-Hilol” bir qator top futbolchilar bilan o‘z safini kuchaytirib oldi. Bungacha klub Malkom, Kalidu Kulibali, Ruben Nevesh va Sergey Milinkovich-Savich kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.
Live
Barchasi