Saudiya klubi Salohga 180 million yevro maosh taklif qildi
Sport
−
07 avgust 2023 3361 1 daqiqa
“Liverpul” klubining misrlik forvardi Muhammad Saloh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Al-Riyadiah” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Al-Ittihod” futbolchining transferi bo‘yicha Angliya klubi bilan muzokaralarni boshlagan. Saudiya klubi futbolchiga ikki mavsum uchun 180 million yevro taklif qilgan. “Al-Ittihod” Salohni “Liverpul”dan 60 million funt evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ortda qolgan mavsum Saloh Angliya chempionatida 38 uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi. 31 yoshli futbolchinining transfer qiymati “Transfermarkt” tomonidan 65 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liverpul”ning sobiq futbolchisi Sadio Mane ham Saudiya klubiga ko‘chib o‘tgandi. U Krishtianu Ronaldu to‘p tepayotgan “Al-Nasr” bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr