Saudiya klubi Neymar transferi uchun kurashga qo‘shildi

Sport

image

Neymar faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining transferiga “Al-Hilol” qiziqmoqda. Saudiya Arabistoni klubi hujumchi xizmatlari uchun 200 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashga tayyor. Bu summaga transfer narxi va futbolchining 3 yillik maoshi kiradi. “Al-Hilol” avvalroq Kilian Mbappe uchun taklif qilgan mablag‘ining bir qismini Neymar uchun sarflamoqchi.

Parijliklar futbolchini “Al-Hilol”ga yuborish niyatida, chunki ular hujumchini Yevropa jamoasiga sotmoqchi emas. Futbolchining o‘zi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish istiqboliga shubha bilan qaramoqda.

Neymarning ehtimoliy transferi haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q. Ayni paytda “Al-Hilol” va PSJ faqat Marko Verratti transferini muhokama qilmoqda. Tez orada Neymar bo‘yicha ham muzokaralar boshlanishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Neymar Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing