Saudiya klubi Mbappeni “Real”dan ilib ketishi mumkin

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi PSJga hujumchi Kilian Mbappe transferi bo‘yicha kosmik taklif bilan chiqdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi parijliklarga futbolchi transferi uchun 300 million yevro taklif qilgan, biroq Mbappe faoliyatini Ispaniyaning “Real” klubida davom ettirish niyatida. PSJ rahbarlari ham futbolchi “qirollik klubi” bilan allaqachon kelishib olganiga ishonch hosil qilmoqda. 

Qayd etish joiz, futbol tarixida 300 million yevrolik transfer hali bo‘lmagan. Agar PSJ va “Al-Hilol” kelisha olsa, Mbappe tarixdagi eng yirik qiymatdagi transferga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” avgust oyining birinchi haftasida Mbappe transferini e’lon qilishi kutilayotgani xabar qilingandi. Fransiyalik futbolchi joriy klubining Yaponiyadagi mavsumoldi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing