Surxondaryodagi dahshatli YTHda 6 kishi qurbon bo‘ldi. Ulardan biri 2 oylik go‘dak
Jamiyat
−
18 avgust 2020
20044Kecha, 17 avgust kuni Surxondaryo viloyati 16:00 larda, Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani “G‘ur-G‘ur” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 “Termiz-Jarqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 1591-kilometrida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Natija 6 vafot etdi. Ulardan biri ikki oylik chaqaloq bo‘lgan. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
1990 yilda tug‘ilgan U.A. Cobalt rusumli transport vositasida quvib o‘tish qoidalarini buzib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.
YTH natijasida, Spark rusumli transport vositasi haydovchisi 27 yoshli S.N. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi 30 yoshli M.T. hamda Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchilari 31 yoshli S.Sh. va 2020 yil iyun oyida tug‘ilgan 2 oylik M.A.lar voqea joyida vafot etishgan.
Shuningdek, Spark rusumli avtomobil yo‘lovchisi 26 yoshli G.X. va Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchisi 5 yashar M.A.lar og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etishgan.
Spark rusumli avtomobil yo‘lovchilari 30 yoshli N.X., 23 yoshli A.E.lar, Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli U.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchilari 1 yoshli A.U., 23 yoshli M.R. hamda R.I.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr