Saudiya G‘arbning xaloskori bo‘lishi mumkin – FT

Olam

image

Rossiya agarda sanksiyalar tufayli neft qazib olishni kamaytirsa, Saudiya Arabistoni G‘arb davlatlari uchun “qora oltin” qazib olishni ko‘paytirishi mumkin. Bu haqda bugun, 2 iyun kuni “Financial Times” manbalariga tayanib xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni neft bozoridagi keskin vaziyatga qaramay, hozircha haqiqiy tanqislik yo‘q, deb hisoblaydi. Biroq, Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Rossiyada neft qazib olish kamaygan taqdirda, yoqilg‘i taqchilligi ehtimoli ortadi.

“Financial Times” manbasiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Oq uy va “Katta yettilik”ning neft qazib olish hajmini oshirish haqidagi chaqiriqlarini bir necha bor rad etganiga qaramay, AQSH Milliy xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha koordinatori Brett Makgurk va AQSH Davlat departamentining energiya xavfsizligi bo‘yicha katta maslahatchisi Amos Xokstin bo‘lgan Amerika delegatsiyasining qirollikka bir qator tashriflari aloqalarni mustahkamlashga yordam bergan.

“Saudiya Arabistoni xavf-xatarlardan xabardor va neft narxlari ustidan nazoratni qo‘ldan boy berish uning manfaatlariga mos emas”, deb izoh bergan manba.

Gazetaning yozishicha, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida neft qazib olishni muddatidan oldin oshirish masalasi ham muhokama qilingan. Diplomatik manbaning aytishicha, bu qaror bugun, 2 in kuni OPEK+ yig‘ilishida e’lon qilinishi mumkin, biroq u bo‘yicha hali yakuniy xulosaga kelinmagan. Kelishuvlarga erishilsa, sentyabrda rejalashtirilgan neft qazib olish hajmini oshirish iyul va avgust oylariga ko‘chiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

393

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing