Saudiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti
Jamiyat
−
25 dekabr 2025 1121 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf Al-Otaybiy mamlakatdagi missiyasini yakunlayapti. U bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
Tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan. Baxtiyor Saidov elchiga O‘zbekistondagi samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Yusuf Al-Otaybiy 2021 yil noyabr oyidan beri respublikadagi Saudiya Arabistonining diplomatik missiyasini boshqarib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil oktyabr oyida Falastinning O‘zbekistondagi elchisi Javad Muhammad Avad va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Takashi Xatori o‘z faoliyatini yakunlagandi.
Live
Barchasi