Saudiya delegatsiyasi 48 soat ichida Messi transferini hal qilmoqchi

Sport

image

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolashni yakunlash uchun Parijga yetib keldi. Bu haqda futbol jurnalisti Matteo Moretto o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Parijda bo‘lib turibdi. Delegatsiya yaqin 48 soat ichida Messi bilan shartnoma imzolash masalasini hal qilishga umid qilmoqda.

Saudiya klublaridan tashqari AQSHning “Inter Mayami” klubi ham argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqandi. Shuningdek, Messi faoliyatini davom ettirishi uchun mumkin bo‘lgan variantlari orasida “Barselona” ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi 2021 yildan buyon o‘ynab kelayotgan PSJni tark etgani ma’lum bo‘lgandi. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Lionel' Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing