Saudiya boshliq koalitsiya Yamandagi harbiy operatsiyani to‘xtatdi

Olam

image

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi qo‘mondonligi Yamandagi harbiy amaliyotlar to‘xtatilganini e’lon qildi. Ittifoqchilar bayonotini Saudiyaning SPA axborot agentligi tarqatdi.

Koalitsiya muborak Ramazon oyida Yamanda tinchlik o‘rnatish, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun o‘tkaziladigan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish maqsadid ijobiy muhit shakllantirish uchun shunday qaror kelgan.

“Koalitsiya qo‘shma kuchlari qo‘mondonligi Yaman inqirozini tugatish uchun keng qamrovli va barqaror siyosiy yechimga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash  yo‘lida chorshanba kuni ertalab soat 06:00 dan Yamandagi harbiy amaliyotlar to‘xtatilganini e’lon qiladi” deyiladi bayonotda.

Kecha, 29 mart kuni Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Naif al-Hajraf Yaman mojarosida ishtirok etayotgan tomonlarni va Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi koalitsiyani chorshanba kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida muzokaralar boshlanishi munosabati bilan urushni to‘xtatishga chaqirdi.

Avvalroq kengash Yamandagi mojaroning barcha tomonlarini, jumladan, Yaman shimolidagi hukmron “Ansorulloh” (husiylar) harakatini bir hafta davoida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etishga taklif qilgan, biroq ular bunday qadamni rad etishgan. Husiylar muzokaralar o‘tkazish g‘oyasini “ijobiy” deb atagan bo‘lsa-da, podshohlikni mojaro taraflaridan biri deb biladi.

Eslatib o‘tamiz, Yaman husiy isyonchilari Saudiya Arabistoniga hujum qilgandan so‘ng, joriy yilning 26 mart kuni Ar-Riyod boshchiligidagi arab mamlakatlari koalitsiyasi o‘z neft inshootlariga hujumlarni to‘xtatish uchun harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Yamanda 2014 yil avgust oyidan beri hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasidagi qurolli qarama-qarshilik davom etmoqda. 2015 yildan beri Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari boshchiligidagi arab koalitsiyasi hukumat tomonida jang qilmoqda. Xususan, BAA Yamandagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etishni to‘xtatganini e’lon qilganiga qaramay, ular Yaman portlarida yaratgan harbiy bazalarida o‘z harbiylarini qoldirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Yaman inqirozi

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar