“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimi tugatildi
Jamiyat
−
24 aprel 2019
6778Joriy yilning 22 aprel kuni Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Qaror bilan profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi davlat xizmatchilariga mansub bo‘lgan boshqa xizmatchilar ro‘yxatiga kiritildi.
Prezident qarori bilan “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari lavozimi tugatilib uning o‘rniga profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari lavozimlari joriy etilishi munosabati bilan Hukumat qarorlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
LiveBarchasi