Saudiya Arabistonida joriy yilda 200 ga yaqin odam qatl qilindi – AFP
Olam
−
30 Sentabr
5425Saudiya Arabistonida bu yil oxirgi o‘ttiz yillikdagi eng ko‘p odam qatl etildi. 28 sentyabr kuni amalga oshirilgan yana uchta qatl bilan qirollikda 2024 yilda jami qatl etilganlar soni 198 taga yetdi. Bu haqda AFP xabar berdi.
O‘tgan yili Saudiya Arabistonida 170 kishi qatl etilgan, 2022 yilda esa 196 nafar o‘lim jazosi ijro etilgan.
Mamlakat uzoq vaqtdan beri o‘lim jazolarining ko‘pligi uchun tanqid ostida edi. Reprieve inson huquqlari tashkiloti vakili, qayg‘uli rekord haqidagi ma’lumotga munosabat bildirar ekan, Saudiya rahbariyati tomonidan e’lon qilingan modernizatsiya yo‘nalishi bo‘sh gap ekanini, chunki va’dalar bajarilmayotganini aytgan.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda Saudiya Arabistonida terrorizmda ayblanib, 32 kishi, narkotik moddalar bilan bog‘liq ayblovlar bilan yana 52 kishi qatl etilgan.
Saudiya Arabistoni rasmiylariga ko‘ra, o‘lim jazosi “jamoat tartibini saqlash” uchun xizmat qiladi va mahkum barcha qonuniy imkoniyatlarni tugatgandan keyingina amalga oshiriladi.
Ayni paytda Saudiya Arabistonida qatl etilganlarning ko‘pligi mamlakatning valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning so‘zlariga zid keladi. 2022 yilda “The Atlantic” jurnaliga bergan intervyusida shahzoda o‘z mamlakatida o‘lim jazosi endi faqat qotillik yoki ko‘plab odamlarning hayotiga tahdid uchun qo‘llanilishini ta’kidladi.
Jasmina Rasulova
LiveBarchasi
26 noyabr