Saudiya Arabistonida sotqinlikda ayblangan uch askar qatl etildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistonida “davlatga xiyonat qilish“ va “dushman bilan hamkorlik qilish“da ayblangan uch nafar askarni qatl qilindi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi

Qirollik Mudofaa vazirligining bayonotida askarlar adolatli suddan so‘ng o‘limga hukm qilingani aytiladi.

Saudiya Arabistoni davlat axborot agentligining ma’lum qilishicha, qatl qilinganlar Mudofaa vazirligida xizmat o‘tayotgan askarlar bo‘lgan. Ular qirollikning “dushmanlari”ga qanday yordam berganlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Vazirlik qatl qilingan askarlar ismini oshkor qilmagan. Qatl bugun, 10 aprel kuni Saudiya Arabistoni olti yildan buyon urush olib borayotgan, Yaman bilan chegaradosh janubiy viloyatda amalga oshirilgan.

Inson huquqlari tashkilotlari, jumladan Xalqaro Amnistiya tashkiloti Ar-Riyodni qiynoq va adolatsiz sud jarayonlarida ayblab, o‘lim jazosi qo‘llanilishini to‘xtatishga chaqirdi. Saudiya Arabistoni esa bu ayblovlarni rad etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni 2019 yilda dunyodagi eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallagan.

Iqbol Ergashova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Saudiya Arabistoni O'lim jazosi

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing